Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” chempionatning 17-turida “Aston Villa” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu manchesterliklarning so‘nggi 12 ta uchrashuvda 9-mag‘lubiyati bo‘ldi.
Uchrashuvdan keyin jamoaning eng zo‘r to‘purari mag‘lubiyat uchun eng avvalo o‘zi aybdor ekanini aytdi.
- "Mag‘lubiyatga kim aybdor? Eng avvalo, men. Doim o‘zimga qarayman. Men yetarli darajada yaxshi o‘ynamadim va imkoniyatlardan unumli foydalana olmadim. Men yaxshiroq o‘ynashim kerak.
Men bundan ham kuchli o‘ynashim kerakligini tushunib turibman. Yangi darajaga chiqishim kerak. Chunki hozirgi o‘yinlarim g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘layotgani yo‘q", - dedi Erling Xoland.
Norvegiyalik hujumchi Angliya Premer-ligasining so‘nggi oltita uchrashuvida atigi bitta gol urdi xolos. Jami bu mavsum 24 ta uchrashuvda 18 ta to‘p kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Turkiy davlatlar feyk va dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashadi