Gvardiola mag‘lubiyat aybdori kimligini aytgan Xolandga qarshi chiqdi

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” chempionatning 17-turida “Aston Villa” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu manchesterliklarning so‘nggi 12 ta uchrashuvda 9-mag‘lubiyati bo‘ldi.
Uchrashuvdan keyin Erling Xoland mag‘lubiyat uchun aybni o‘z bo‘yniga oldi va buni yetarli darajada yaxshi o‘ynay olmayotgani bilan izohladi. Xosep Gvardiola uning fikriga qo‘shilmadi.
- "Xolandning fikriga qo‘shilmayman. Agar u tarkibda bo‘lmaganida bundan ham yomon o‘ynagan bo‘lardik. Lekin menga futbolchilarning mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, fikr yuritayotgan yoqyapti. Bunday tushunchalar bizni g‘alabaga yetaklaydi.
Xolandning qarashlariga qo‘shilmasligimning yana bir jihati shundaki, biz u gol urishi uchun unga ko‘proq to‘p yetkazib berishimiz kerak.
Endi bor e’tiborimizni qayta tiklanib olib, keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga qaratamiz", - dedi Xosep Gvardiola.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuvdan keyin Erling Xoland mag‘lubiyat uchun aybni o‘z bo‘yniga oldi va buni yetarli darajada yaxshi o‘ynay olmayotgani bilan izohladi. Xosep Gvardiola uning fikriga qo‘shilmadi.
- "Xolandning fikriga qo‘shilmayman. Agar u tarkibda bo‘lmaganida bundan ham yomon o‘ynagan bo‘lardik. Lekin menga futbolchilarning mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, fikr yuritayotgan yoqyapti. Bunday tushunchalar bizni g‘alabaga yetaklaydi.
Xolandning qarashlariga qo‘shilmasligimning yana bir jihati shundaki, biz u gol urishi uchun unga ko‘proq to‘p yetkazib berishimiz kerak.
Endi bor e’tiborimizni qayta tiklanib olib, keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga qaratamiz", - dedi Xosep Gvardiola.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…