Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan Ruben Amorimni xursand qildi

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni boshqarayotgan Ruben Amorimni xursand qildi
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” yulduzi Krishtianu RonalduManchester Yunayted”ni boshqarayotgan Ruben Amorimni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

- Ruben Amorimga qiyin boʻlishini bilaman. “Manchester Yunayted”da hozir boʻron, dovul boʻlyapti. Bu qachondir tugaydi va quyoshli kunlar ham boshlanadi. Hammasi yaxshi kechishi uchun duodaman.

“Manchester Yunayted”ning ishlari yurishib ketishiga umid qilaman. Men hamon bu klubni chin dildan yaxshi koʻraman
, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Ruben Amorim 1 noyabr kuni “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida rasman ish boshladi. Biroq uning qoʻl ostida hali manchesterliklar muxlislar kutayotgan oʻyin va natijalarni koʻrsata olgani yoʻq.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar