date
views 244

Frantsiyadagi himoyachilar Ronalduni “eb qoʻyadi”!

Frantsiyadagi himoyachilar Ronalduni “eb qoʻyadi”!
Frantsiya terma jamoasi safida 2018 yili jahon chempioniga aylangan Odil Rami “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni chempionati Liga 1dan kuchli, degan fikriga javob qaytardi.

- Sizlarga Saudiya Arabistonidagi himoyachilarning ahvoli aks etgan videolarni qoʻyib berishimni istaysizlarmi?

Ronaldu aqlbovar qilmas kareraga ega, lekin bu uning har bir gapi haqiqat ekanidan dalolat bermaydi. Bu gaplar shunchaki piar uchun aytilgan, deb oʻylayman.

Krishtianu “Monako”, “Lill” yoki “Marsel” singari jamoalarga qarshi oʻynab koʻrsin. Hech boʻlmaganda, oʻzining jamoasi bilan “Brest”ga qarshi toʻp tepsin.

Frantsiya Braziliya bilan bir qatorda jahondagi eng katta iste'dodlar fabrikasi hisoblanadi.

Agar Ronaldu oxirgi ikki yilda Liga 1da oʻynaganida bu liga himoyachilari uni “eb qoʻygan” boʻlardi
, - dedi Odil Rami.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Frantsiyadagi himoyachilar Ronalduni “eb qoʻyadi”!