
Abduqodir Husanovning Frantsiyaning "Lans" jamoasi safidagi ajoyib oʻyini Evropaning bir qator grand klublari, shu jumladan, "Manchester Siti"ning diqqatini tortmoqda. Insayder Fabritsio Romano xabariga koʻra, "shaharliklar" himoyachini oʻz tarkibiga qoʻshib olish niyatida va uning oʻyini haqida batafsil ma'lumot yigʻishmoqda.
Jurnalist ta'kidlashicha, "Siti" Husanovni qishgi transfer oynasida qoʻlga kiritishga harakat qiladi. Avvalroq "Tottenxem" va "Nyukasl" ham futbolchi uchun kurashayotgani haqida ma'lum qilingan edi. Shuningdek, Abduqodirga Bundesliga va A Seriya jamoalaridan ham takliflar bor.
Husanov joriy mavsumda "Lans" uchun 16 ta oʻyinda maydonga tushgan va ishonchli oʻyini orqali koʻplab kuchli jamoalarning e'tiborini jalb qilgan. Uning yuqori darajadagi oʻyinlari va potentsiali uning transfer bozoridagi qimmatini oshirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar