date
views 436

Abduqodir Husanov Pep Gvardiolaning sevimli tanlovi(mi?)

Abduqodir Husanov Pep Gvardiolaning sevimli tanlovi(mi?)
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "Manchester Siti" jamoasi "Lans"dagi himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalistning ma'lumotlariga koʻra, "shaharliklar" futbolchini qishda oʻz tarkiblariga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Klub himoyachi haqida ma'lumotlarni olgan.

Shuningdek, "Fútbol Británico" "X" sahifasida ham bu haqda xabar berib, oʻzbekistonlik himoyachi Gvardiolaning sevimli tanlovi ekanligi haqida yozib qoʻygan.

Qiziqishlar koʻpligi sababli, "Lans" klubi Abduqodir Husanovning narxini oshirishni rejalashtirmoqda. Transfer uchun yangi narx 25-30 million evro oʻrniga 40 million evro boʻlishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov Pep Gvardiolaning sevimli tanlovi(mi?)