
"Manchester Siti" oʻzbekistonlik futbolchi va Frantsiyaning "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Xusanovga qiziqmoqda. Bu haqda İdman.biz nashriga tayangan holda mashhur futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma'lumotlarga koʻra, 20 yoshli futbolchi ingliz klubining yanvardagi ehtimoliy transferlar roʻyxatiga kiritilgan. Xusanovga "Manchester Siti"dan tashqari boshqa etakchi klublar ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻzbek himoyachisi "Lans" jamoasida 2023 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va klub bilan 2027 yilgacha shartnomaga ega. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 16 ta oʻyin oʻtkazib, bir bor samarali uzatma bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar