15:44 / 04.01.2025
459

Ajoyib hiyla: “Barselona” katta ishni hal qildi

Ajoyib hiyla: “Barselona” katta ishni hal qildi
“Barselona” qiyin vaziyatdan chiqib ketdi. Kataloniya klubi ikki oʻyinchi – Daniel Olmo va Pau Viktorni La Liganing ikkinchi qismiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun ruxsat oldi.

Avvalroq, La Liga va Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi “Barselona”ga bu ikki oʻyinchini chempionatning ikkinchi qismi uchun roʻyxatdan oʻtkazishni ta'qiqlagan edi. Bunga “Barselona”ning daromadi moliyaviy feyr-pley qoidalariga toʻgʻri kelmayotgani sabab qilib koʻrsatilgan.

La Liga 1 yanvar kuni Daniel Olmo va Pau Viktorni oʻyinchilar roʻyxatidan chiqardi.

“Barselona” oʻz futbolchilarini qaydnomaga kiritish uchun murakkab jarayonni boshdan oʻtkazdi. Klub La Ligaga qatarlik va dubaylik sarmoyadorlarga “Kamp Nou” stadionida VIP-joylarni pullash orqali tushum qilish boʻyicha qoʻshimcha daromadlarni kafolatladi va kerakli hujjatlarni taqdim qildi.

Oxir-oqibat qoʻshimcha daromad klub byudjetiga tushishi bilan “Barselona”ga Daniel Olmo va Pau Viktorni qayta roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport