“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklari sabablarini izohladi deya kuyida uning soʻzlarini keltirmoqda The Guardian nashri.
“Men oʻzimga nisbatan juda adolatliman va asosiy sabab oʻzim ekanligini tan olaman. Gap futbolchilarda emas. Ularda bir oz pasayish kuzatilyapti, lekin bu tabiiy jarayon, oʻtgan mavsumda ham shunday boʻlgan.
Men echim topishim kerak edi, boshqacha yoʻl tutishim kerak edi, lekin buni qilmadim. Shu sababli biz hozirgi vaziyatda qoldik — aybdor oʻzimman. Buni boshqalarga yaxshi koʻrinish uchun emas, haqiqat boʻlgani uchun gapirayapman. Men futbolchilarni boshqaraman va ular bilan kerakli natijaga erisha olmadim”, - dedi Gvardiola.
Hozirgi kunda “Manchester Siti” jamoasi Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi oʻrinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi 19 turdan soʻng 31 ochkoga ega.
Bugun, 4 yanvar kuni “Manchester Siti” 20-tur doirasida “Vest Hem”ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniya suriyalik qochqinlar uchun himoya maqomini bekor qiladi
"Lans" bosh direktori: "Abduqodir Husanov klubdan ketadi"
Yangi Orleandagi terakt ijrochisi hujumdan oldin shaharga ikki marta kelgani ma'lum boʻldi
Taniqli insayder “Manchester Siti" Abduqodir Husanov borasida faol muloqot olib borayotganini aytmoqda
Xitoyda tarqalayotgan xavfli virus Oʻzbekistonda ham qayd etildi
Endi yuridik shaxslar "svet"ga mobil aloqa orqali toʻlov qilishi mumkin
BAA Gʻazo sektoridagi boshqaruvni Isroil va AQSh bilan muhokama qildi
Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen uylandi