date
views 795

Krishtianu Ronaldu bu yil faoliyatini tugatadimi?

Krishtianu Ronaldu bu yil faoliyatini tugatadimi?
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi boʻyicha bir toʻxtamga kelishi talab etiladi.

39 yoshli futbolchining Saudiya Arabistoni klubi bilan hamkorligi shu yilning 30 iyun kuni yakunlanadi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, jahon futbolida eng koʻp gol urgan futbolchi oldida turgan uchta variantdan birini tanlashi kerak.

Birinchisi, Ronaldu “An-Nasr” bilan hamkorlik muddatini uzaytirishi mumkin. Buning uchun klub tarkibni kuchaytirib, chempionlik uchun kurashadigan darajaga olib kelishi kerak.

Ikkinchisi, Krishtianu Evropa futboliga qaytish imkoniyatiga ega. Ronalduni tarbiyalagan “Sporting” hujumchini oʻz safiga chorlayapti.

Uchinchisi, tez orada qirq yoshni qarshi oladigan mashhur yulduz faoliyatini tugatish boʻyicha yakuniy qarorga kelishi ham mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu bu yil faoliyatini tugatadimi?