
Avstraliyalik bokschi Teremoana Junior (5:0, 5 KO) hamyurtimiz Bahodir Jalolov (14:0, 14 KO) bilan revansh jangini oʻtkazishni istashini ma'lum qilmoqda. Bu haqda "Sports.kz" xabar berdi.
Teremoana va Jalolov 2024 yilda Parij Olimpiadasining chorak finalida toʻqnash kelishgan. Jang 5:0 hisobida Bahodir Jalolovning foydasiga hal boʻlgandi, biroq, avstraliyalik "Katta oʻzbek"ning mazkur gʻalabasini hali ham bahsli deb hisoblamoqda:
"Qasos olishni xohlayman, chunki Olimpiadadagi gʻalaba meniki edi. Menga bir oz vaqt bering va biz albatta professional boksda toʻqnash kelamiz. Buni intiqlik bilan kutaman" - dedi Teremoana Junior "Boxing News" nashriga.
Eslatib oʻtamiz, har ikki bokschi ham tez orada navbatdagi janglarini oʻtkazadi. Teremoana Junior 8 yanvar kuni germaniyalik Osasu Otobo (11-1-1, 5 KO) bilan, Bahodir Jalolov esa 6 fevral kuni Fransiya vakili David Spilmont (16-8-1, 11 KO)ga qarshi ringga koʻtariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar