
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va "Lans" himoyachisi Abduqodir Husanovga ayni vaqtda Evropaning koʻplab klublari qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa, soʻnggi kunlarda uning "Siti" yoki "Real"ga oʻtishi koʻp muhokama boʻlmoqda.
Jurnalist Richard Jolli bergan xabarga koʻra, "Manchester Siti" legionerimizni asosiy tarkib futbolchisi emas, balki kelajak uchun potentsial nomzod sifatida koʻrmoqda. U Gvardiola boshchiligidagi jamoaga oʻtgan taqdirda oʻyin vaqti kam boʻlishi kutilmoqda.
Bilasiz, "Real Madrid"da ayni vaqtda himoyada muammolar koʻp. Jumladan, jamoaning asosiy markaziy himoyachilari hisoblangan Alaba hamda Militao jarohati bois maydonga tusha olmayapti. Futbolchimiz "Real"ga oʻtgan taqdirda, "Siti"dagiga qaraganda, koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi mumkin.
Ayrim ma'lumotlarga koʻra, "Real" oʻzbekistonlik futbolchi uchun 20 million yevrolik taklif bilan chiqqan, ammo "Lans" koʻproq pul ishlab olish niyatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar