22:33 / 08.01.2025
104

“Lans” Abduqodir Husanovning narxini yana oshirdi!

“Lans” Abduqodir Husanovning narxini yana oshirdi!
Qishki transfer bozorida Abduqodir Husanov uchun kurash qizib bormoqda. Ayni paytda 20 yoshli markaziy himoyachiga “top-5” chempionatlarning barchasidan bir nechtadan xaridor bor va bu da'vogarlar safi keskin oshib bormoqda.

Ayniqsa, “Pari Sen-Jermen”, “Manchester Siti” va “Real” kabi oʻz mamlakatlari chempionlarining oʻzbek futbolchisini olish boʻyicha amaliy harakatlarga oʻtgani barcha e'tiborini oʻziga tortmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, Abduqodir Husanovning qaysi klubga koʻchib oʻtishi, nafaqat oʻzbekistonlik muxlislar, balki boshqa davlatlardagi futbol ishqibozlarini ham qiziqtirib qoʻygan.

Fransiya futboli yoritib kelayotgan manbalardan biri foot-sur7.fr sayti “Lans” oʻz kashfiyotiga boʻlayotgan qiziqishning ortib borishi ortidan Husanov uchun talab qilayotgan narxni koʻtargani haqida xabar tarqatdi.

Aslini olganda, “Lans” byudjetdagi kamomadlarni yopish uchun bir necha futbolchilarini sotib yuborishga qaror qilgan. Fransiya chempionatida “Lans” himoyasi eng kuchli jamoa hisoblanadi. Da'vogarlar esa, “Lans”dan darvoza daxlsizligini saqlashda jonbozlik koʻrsatayotgan uch futbolchi – darvozabon Bris Samba, Abduqodir Husanov va Kevin Dansoni soʻrayapti.

- Bris Samba ketadi. Abduqodir Husanov ham ketadi. Ayniqsa, Abduqodirning ketishi unga boʻladigan taklif klubning moliviy manfaatlariga mosligiga bogʻliq. Sport va iqtisodiy muvozanat bir biriga toʻgʻri kelishi kerak, - dedi “Lans” bosh direktori Per Dreossi DAZN manbasiga bergan intervyusida.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinchisi Abduqodir Husanovning “Lans” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. “Lans” oʻz markaziy himoyachisini qoʻyib yuborishga tayyorligini bildirganidan keyin xaridorlar koʻpayib ketdi.

- Foot Mercato nashri Uill Still shogirdiga Evropaning bir necha klublari jiddiy qiziqish bildirayotganini yozdi. PSJ Husanovni yanvarda olmoqchi. Jurnalist Santi Auna kurashga “Real” qoʻshilgani va futbolchining vakillari bilan aloqa oʻrnatgani haqida ma'lumot tarqatdi.

“Nyukasl” va “Manchester Siti”ning Husanovni olishga urinishi ancha jiddiy masala darajasiga koʻtarildi va bu klublar rahbariyatlari ham markaziy himoyachining agentlari, xususan otasi Hikmatjon Hoshimov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Lans” boshida 20 yoshli himoyachisini 25-30 million yevroga sotib yuborishni umid qilayotgan edi. Endi oʻyinchi uchun kurashga badavlat klublar qoʻshilganini inobatga olib, Husanovning transferidan 40 million yevro ishlab olishga umid qilmoqda
, - deb yozdi foot-sur7.fr sayti ekspert Jan Lyuk.

Eslatib oʻtamiz, “Lans” 2023 yilning yozida Abduqodir Husanovni Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan transfer qilish uchun atigi 100 ming yevro sarflagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport