Abduqodir Husanovning faoliyati Fransiyadan Angliya Premer-ligasiga koʻchadigan boʻlyapti. Bu haqda bir necha manbalar birdaniga ma'lumot chiqardi. Xususan, telecomasia.net sayti oʻzbek futbolchisi Angliya chempioni “Manchester Siti”ga koʻchib oʻtish uchun ishchi viza olish jarayonini boshlagani haqida tezkor xabar chiqardi.
- 20 yoshli futbolchi va uning manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar Buyuk Britaniyada ishlash huquqini beruvchi viza olish uchun kerakli barcha hujjatlarni topshirdi.
Abduqodir Husanov va uning agentlari yanvar oyining oxirida rasmiy shartnoma imzolash uchun Manchester shahriga etib boradi.
Iste'dodli himoyachiga Angliyaning oʻzidan “Chelsi” va “Nyukasl”dan, shuningdek, Fransiya chempioni "Pari Sen-Jermen”dan jiddiy takliflar boʻlgan edi. Husanovning agentlari parijliklar futbolchi uchun oʻyin amaliyotini kafolatlamagani uchun PSJ variantidan voz kechishdi.
Xosep Gvardiola oʻzbek himoyachisiga shaxsan e'tibor qaratganini inobatga olgan Abduqodir Husanov va uning agentlari “Manchester Siti”ni tanlashga qaror qildi, - deb yozmoqda telecomasia.net sayti.
- “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Lans”da oʻzini koʻrsatgan Abduqodir Husanov yordamida himoyani mustahkamlashga qaror qildi. Chunki “shaharliklar” bu mavsum orqa chiziqda muammolarga duch kelmoqda.
Jamoa ispaniyalik mutaxassis qoʻl ostida olti marotaba chempionlikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, shulardan toʻrttasida himoyada eng yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etgan edi. Biroq bu mavsum “Siti” himoyalanishda katta qiyinchilarga roʻbaroʻ boʻlmoqda.
Dastlabki 20 ta uchrashuvda oʻz darvozasidan 27 ta toʻp olib chiqqan “shaharliklar” himoya mustahkamligi boʻyicha Angliya Premer-ligasida sakkizinchi pogʻonani egallab turibdi. Qizigʻi shundaki, yuqori divizionda qolish uchun kurashayotgan “Everton” ham himoyalanishda “Manchester Siti”dan yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etmoqda.
Manchesterliklar joriy mavsumda himoyadagi muammolar tufayli avvalgi chempionatlarga qaraganda koʻp toʻp oʻtkazib yuboryapti. Bu kamchiliklar asosan Jon Stounz, Ruben Diash, Natan Ake kabi etakchi himoyachilarning jarohati, 34 yoshli Kayl Uoker kabi muhim figuraning oʻyinida barqarorlik etishmasligi bilan bogʻliq.
Qolaversa, mavsum oxiriga borib, Stounz, Manuel Akandji, Natan Akening yoshi oʻttizga borib qoladi va “shaharliklar” oldida tarkibni, xususan, himoya chizigʻini yoshartirish vazifasi ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
“Lans” vunderkindi Abduqodir Husanovning kelishi jamoaga yoshlik va hayotiy kuch-quvvat olib kiradi, chunki “shaharliklar” nufuzli sovrinlarga erishish maqsadida ligada yana mustahkam himoyani qayta tiklashga bel bogʻlagan, - deb yozmoqda sabcsport.com tahliliy portali.
Futbol olamidagi taniqli insayderlar Fabritsio Romano hamda Ben Jeykobs ham “Manchester Siti” va Abduqodir Husanov vakillari oʻzaro hamkorlikning soʻnggi detallarini muhokama qilayotgani va tez orada oʻzbek futbolchisi rasmiy shartnomani imzolashini ta'kidlamoqda.
Ayrim manbalarning ta'kidlashicha, Husanovning transferi “Lans”ga 35-40 million yevro orasida daromad keltiradi.
Agar Husanov “Manchester Siti” bilan rasmiy shartnoma imzolasa, Angliya Premer-ligasidagi birinchi oʻzbek futbolchisi sifatida futbol tarixiga oʻz nomini muhrlaydi.
Endi bu ma'lumotlar oʻz tasdigʻini topishi qoldi. Buni vaqt koʻrsatadi. Yana biroz kutamiz... “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Neymar: “Men Ronalduning fikriga toʻliq qoʻshilaman”
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi
Husanov fantastik narxga ketadi, xaridor nomi oydinlashib qoldi!
Fabritsio Romanodan Abduqodir Husanovning transferi boʻyicha yangi post!
Dekabrda nechta kelishilgan oʻyin oʻynalgani ma'lum qilindi
Husanovga A Seriyadan qiziqish! Unga Shomurodov bilan bir ligada oʻynash imkoni bu...
"Paxtakor"ning Turkiyadagi yigʻinlariga klub raisi tashrif buyurdi