"Paxtakor" sobiq futbolchisi va sobiq sport direktori Jafar Irismetov "Manchester Siti"ning Abduqodir Husanovga qiziqishi haqida fikr bildirdi.
"U juda tez rivojlanmoqda va "Lans" hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi oʻyinlari bilan Evropaning top klublaridan birida oʻynashga tayyor ekanligini isbotlamoqda. Albatta, "Siti" futbolchilarni yanada rivojlantira oladigan klub. U erda dunyoning eng yaxshi murabbiyi ishlaydi, deyish mumkin. Agar "Real" yoki "Siti"ni tanlashga toʻgʻri kelsa, unga ikkinchisiga oʻtishni maslahat bergan boʻlardim.
Angliyada "Siti"ni qoʻllab-quvvatlayman. Agar Husanov "shaharliklar" safiga oʻtsa, uni shu klub libosida koʻrganimdan juda xursand boʻlaman", - dedi Irismetov "Metaretings.ru" saytiga.
20 yoshli Husanov "Lans" safida 18 ta oʻyin oʻtkazib, bitta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilga qadar moʻljallangan. "Transfermarkt" futbolchining bozor narxini 12 million yevroga baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
UFC egalari boks ligasini tashkil qilmoqchi
Abbosbek Fayzullayevni Kilian Mbappe va Florian Virsga qiyoslashdi
Xans-Diter Flik: Bu yulduzni koʻzimdan tezroq yoʻqotinglar!
Neymar: “Men Ronalduning fikriga toʻliq qoʻshilaman”
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi
Abduqodir Husanov oʻziga jamoa tanladi! Vizaga hujjat topshirildi...
Husanov fantastik narxga ketadi, xaridor nomi oydinlashib qoldi!