“Barselona” Ispaniya Superkubogi finali yoʻllanmasi uchun oʻtkazilgan uchrashuvda “Atletik” ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Biroq aynan mana shu oʻyindan keyin bosh murabbiy Xans-Diter Flikning pleymeyker Frenki de Yong bilan munosabatlari oʻta taranglashdi.
Germaniyalik mutaxassis niderlandiyalik futbolchining oʻyinidan umuman qoniqmadi va klub prezidenti Joan Laportaga Frenkini imkon qada tezroq jamoadan yoʻqotishni soʻradi.
Bilbaoliklarga qarshi uchrashuvning 73-daqiqasida Flik de Yongni maydonga tushirdi. Tajribali futbolchi barqaror oʻyin namoyish eta olmadi. Hatto uning qoʻpol xatosi “Barselona” uchun qimmatga tushishiga bir bahya qoldi.
Bu bellashuvdan keyin Xans-Diter Flik niderlandiyalik yarim himoyachi oʻyin sxemasiga umuman toʻgʻri kelmasligiga amin boʻldi.
Kataloniyaliklar bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega boʻlgan Frenki de Yong katta maosh oladigan oʻyinchilardan hisoblanadi. Shu bois, unga xaridor topish juda qiyin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Manchester Siti" Husanov uchun 50 mln yevro taklif qildi
UFC egalari boks ligasini tashkil qilmoqchi
Abbosbek Fayzullayevni Kilian Mbappe va Florian Virsga qiyoslashdi
Abduqodir Husanov qaysi jamoaga oʻtgani yaxshiroq?
Neymar: “Men Ronalduning fikriga toʻliq qoʻshilaman”
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi
Abduqodir Husanov oʻziga jamoa tanladi! Vizaga hujjat topshirildi...