date
views 581

"Manchester Siti" Husanov uchun 50 mln yevro taklif qildi

"Manchester Siti" Husanov uchun 50 mln yevro taklif qildi
"Manchester Siti" jamoasi Abduqodir Husanov transferi boʻyicha "Lans" klubiga jiddiy taklif bilan murojaat qildi. Sky Sport jurnalisti Patrik Bergerning xabar berishicha, ingliz klubi 20 yoshli himoyachi uchun bonuslar bilan birga 50 mln yevro toʻlashga tayyor.

Oʻzbekiston milliy jamoasi futbolchisi ham Angliya chempionatida oʻynashni orzu qilmoqda. Tomonlar yaqin orada uzoq muddatli shartnoma tuzishi kutilmoqda.

Avvalroq Husanovga "Real Madrid" ham qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi. Yil boshidan beri himoyachi Liga 1 doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan, bu esa uning muvaffaqiyatli oʻyini haqida tasavvur beradi, deb xabar beradi Sky Sport.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" Husanov uchun 50 mln yevro taklif qildi