
"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni oʻz safiga qoʻshib olishga yaqin turibdi. Futbolchi ham "shaharliklar" safiga borib qoʻshilishga rozi boʻldi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" jurnalisti Patrik Berger.
Uning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda Abduqodir Husanov "shaharliklar" safida tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun "Lans" tomonidan "yashil chiroq" yonishini kutmoqda.
Ma'lumot uchun, "shaharliklar" futbolchimiz uchun bonuslari bilan 50 million yevro toʻlashi kutilmoqda. Hamyurtimizning "Transfermarkt" portalidagi bahosi esa 12 million yevro.
Manbaga koʻra, "Siti"ning Abduqodir Husanovdan keyingi transfer maqsadi "Ayntraxt" a'zosi Omar Marmush boʻlishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar