date
views 410

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga oʻtmoqda

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga oʻtmoqda
Foto: B/R Football
"Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»ga oʻtishi aniq boʻldi", deb yozadi taniqli insayder Fabritsio Romano.

«Shaharliklar» 20 yoshli himoyachi uchun «Lans»ga 40 mln yevro toʻlaydi. Yana bonuslar ham bor.

Oʻzbekistonlik futbolchi yaqin kunlarda tibbiy koʻrikdan oʻtadi va APL klubi bilan 2029 yil iyunigacha moʻljallangan shartnoma imzolaydi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati boʻladi.

Shu tariqa Husanov Angliya Premer-ligasida oʻynaydigan birinchi oʻzbek futbolchisiga aylanadi. Dunyoning eng tomoshabop chempionatida futbolchisi oʻynagan davlatlar soni esa 119 taga etadi.

Eslatib oʻtamiz, «Lans» Husanovni 2023 yil iyul oyida «Energetik-BGU»dan 100 ming yevroga sotib olgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga oʻtmoqda