19 yanvarga oʻtar kechasi AQShning Los-Anjelas shahri "UFC 311" turniriga mezbonlik qiladi. Mazkur oqshomning asosiy toʻqnashuvi Islam Maxachev hamda Arman Tsarukyan oʻrtasida kechadi. Biz ushbu qarama-qarshilik borasida an'anaga muvofiq oʻzbek yakkakurash olami vakillarining fikri bilan qiziqdik.
Sunnat Ilyasov - Oʻzbek MMAsining bayroqdori! (Jahon chempioni)
- Bu jang borasida gapiradigan boʻlsak, Islamda imkoniyat yuqori. Uning kurashi juda zoʻr. Raqibida ham bu jihat yaxshi shakllangan-u, baribir xom kurashi. Hozirgi kunga kelib, yaxshi xozirlik koʻrgandir, lekin bu etarli emas. Islam boshqa daraja. Ya'ni Islamni kurash bazasi bilan Tsarukyannikini farqi bor. Maxachev "stoyka"da ham kurashda ham ustun. Taktikasi zoʻr. Jamoasida Habibdek akasi, murabbiyi bor. Bu yarim gʻalaba degani. Imkoniyatlar 90/10 % Islam!
Rustam Magdiyev - sobiq sportchi, murabbiy (Qoʻl jangi boʻyicha jahon chempioni)
- Yaxshi jang boʻladi. Toʻgʻrisi, Maxachevning imkoniyatlarini yaxshi bilaman. Tsarukyanni u qadar kuzatgan emasman. Shuning uchun Maxachevga muxlislik qilaman. Qolaversa, u mukammal jangchi. Jismoniy holati ham zoʻr. Har tomonlama ustun. Bu jangda Maxachev gʻalaba qozonadi. Imkoniyatlar 80/20% Maxachev.
Mirzohid Ataboyev - sobiq sportchi, murabbiy (Kikboksing boʻyicha jahon chempioni)
- Qiziqarli jang boʻladi. Maxachev agar Volkanovski bilan birinchi jangdagi kabi raqibga past baho bersa va shoshqaloqlikka yoʻl qoʻysa, Tsarukyanda imkoniyat paydo boʻladi. Boshqa jihatdan Tsarukyanda ustunlik koʻrmayapman. Islam jismonan ham baquvvat undan. Ularning birinchi jangidan xulosa chiqarmaslik kerak. Islam hozir boshqa darajada. Imkoniyatlarni 70/30% degan boʻlardim. Albatta Islam foydasiga!
Mansur Tugizbayev - MMA jangchisi, murabbiy va referi
- Ijtimoiy tarmoqlarda, turli xil nashrlarda koʻpchilik Tsarukyan jiddiy qarshilik koʻrsatadi, degan fikrlarni bildirmoqda. Men bu fikrga qoʻshilmagan boʻlardim. Jang muddatidan avval yakunlanadi. Ya'ni uzogʻi 3-raundda Islam texnik nokaut yoki boʻgʻish usuli bilan gʻalaba qozonadi. Imkoniyatlar 70/30%.
Mavlonbek Qahhorov - muaytaychi (jahon chempioni)
- Bu safar ikkisi uchun ham oson boʻlmaydi. Tsarukyanda ruhiy bosim boʻlmasa kerak, deb oʻylayman va bu gal undan ancha faol, agressiv jang kutyapman. Biroq, baribir Islam yutadi, degan fikrdaman. Chunki Islamni oʻzi ham burchagi ham juda tajribali. Toʻgʻrisi, oʻzim Islamga muxlislik qilaman. Imkoniyatlar 60/40% Islam!
Mirafzal Axtamov - MMA jangchisi (Bellator)
- Qiziq jang boʻladi. Menimcha Tsarukyan jiddiy qarshilik koʻrsata oladi. Imkoniyatlarni 50/50 baholagan boʻlardim. Jang toʻliq davom etsa kerak. Ammo bir jihat bor, jang toʻliq davom etsa ham baribir chempionda nisbatan ustunlik boʻladi. Ehtimol, ochkolarga koʻra Islam gʻalaba qozonar.
Abdurahmon Fozilov - MMA jangchisi
- Jang teng kurashlar ostida kechsa kerak. Ikkisi ham kurashchi va kurashdan yaxshi himoyalanishadi. Lekin baribir Islam tajribaliroq va darajasi yuqoriroq. Jang toʻliq davom etadi va ochkolar hisobiga Islam gʻalaba qozonadi. Imkoniyatlarni 60/40% degan boʻlardim.
Faxriddin Mardiyev - MMA jangchisi
- Islamda imkoniyat yuqori deb oʻylayman. Jang toʻliq davom etadi, degan fikrda ham emasman. Islam uzogʻi 4-raundda gʻalaba qozonsa kerak. Imkoniyatlarni 70/30% deya baholagan boʻlardim.
Akbar Islomboyev -MMA jangchisi
- Dastlabki raundlar Islam uchun qiyin boʻladi. Lekin baribir jang toʻliq davom etmaydi. 3 yoki 4-raundda Islam sabmishn bilan gʻalaba qozonadi. Imkoniyatlarni 60/40% deya baholagan boʻlardim.
Davlat Xadjayev - MMA jangchisi
- Jang toʻliq davom etadi, deb oʻylamayman. Toʻgʻri, Islam uchun noqulay raqib va qiyin jang. Ammo Islam 4-raundda sabmishn bilan gʻalaba qozonadi. Bunga 99% ishonaman. Mayli 1 % Armanga ham imkoniyat beraylik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoni oʻzbekcha gapirishga majburlayotgan Husanov!
Yil toʻqnashuvi: Habib Nurmagomedov yana Konor MakGregorga qarshi!
2024 yilda eng koʻp pul ishlab topgan shaxmatchilar
Rasman! Abduqodir Husanov "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi
Abduqodir Husanovning transferidan “Bunyodkor” qancha haq oladi?
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga oʻtmoqda
Abduqodir Husanov "Siti"ga oʻtishdan qancha ulush oladi?
"Bunyodkor" yirik miqdordagi tovon puli evaziga OKMK futbolchisini sotib oldi