
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga oʻtishga juda yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvga erishdi, himoyachi klub bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda va bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoni boʻladi. "Shaharliklar" ushbu transfer uchun 40+10 million yevro toʻlaydi.
APLda osiyolik futbolchilar koʻpligini yaxshi bilasiz. Mana shu oʻyinchilar orasiga endilikda vatandoshimiz ham qoʻshilmoqda. Quyida eng qimmat osiyolik futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin:
1. Koaro Mitoma - 45 million yevro ("Brayton")
2. Son Xin Min - 38 million yevro ("Tottenxem")
3. Takexiro Tomiyasu - 32 million yevro ("Arsenal")
4. Xi Chan Xvan - 22 million yevro ("Vulverxempton")
5. Vataru Endo - 12 million yevro ("Liverpul")
Abduqodir Husanovning ayni paytdagi transfer narxi 12 million yevroni tashkil qiladi. U bu statistika boʻyicha kuchli beshtalikda koʻrinish berishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda futbolchi hali Angliyaga yoʻl olgani yoʻq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar