
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola rahbariyat amalga oshirayotgan transferlar haqida bayonot bermasligini aytdi.
- Butun oy davomida media bizni kim bilan bogʻlasa, oʻsha haqida savol berishga harakat qilasiz, shu sababli javob bermayman. Siz toʻxtamasligingiz mumkin, ammo baribir javob ololmaysiz, chunki vaziyatni bilmayman.
Ha, biz bozorga chiqmasligimiz kerak, vaziyat menga yoqayotgani yoʻq. Ammo barcha jarohatlarni hisobga olsak, shunga majburmiz. Buyogʻiga nima boʻladi, aytmayman, chunki bilmayman. Klub bilan muloqotdaman, ammo nimalar boʻlayotganidan xabarim yoʻq.
- "Manchester Siti" Marmushga qiziqayotgani rostmi?
- Meni eshitmadingizmi? Aniq qilib aytdim, bu mavzuda gapirmayman. U boshqa klub futbolchisi.
Siz har bir matbuot anjumanida transfer oynasi haqida soʻrashingiz mumkin, ammo birorta savolga javob bermayman. Bunday qilish toʻgʻri emas" - dedi "Manchester Siti" ustozi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar