date
views 1 498

Fransiyalik sharhlovchi Husanovning "Siti"ga transferi haqida nimalar dedi?

Fransiyalik sharhlovchi Husanovning "Siti"ga transferi haqida nimalar dedi?
Fransiya chempionatini taxlil qiluvchi "Setanta Sports" telekanali sharhlovchisi Givi Jashi Oʻzbekiston termasi himoyachisi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga oʻtishi haqida gapirdi.

Evropaning eng katta insayderlari ham 20 yoshli futbolchining "Siti"ga oʻtayotganini tasdiqlashdi. Abduqodirning transferi 50 mln yevroga baholanmoqda.

Givi Jashining aytishicha, Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oʻzini koʻrsatib boʻldi.

"Abduqodir toʻp uchun kurashda juda kuchli, kurashlarni yaxshi his qiladi, podkatlarning masofasini toʻgʻri oʻlchaydi. Fransiya chempionatidagi oʻyinlari orqali u yaxshi tajriba toʻplab oldi. Liga 1 - juda intensiv chempionat, bu erda tezlik va kurash asosiy oʻringa chiqadi. Ushbu mavsumda hakamlar kurashlarga koʻproq qoʻyib berishmoqda. Abduqodir shunday kurashlarda foydali va yoʻqolib qolmayapti", - dedi Jashi.

"Abduqodirning "Siti"ga oʻtishi borasidagi xabarlar chiqqanidan keyin muxlislar: "Toʻp bilan yaxshi oʻynay olmaydigan, yaxshi uzatmalar bermaydigan himoyachi Gvardiolaga nega kerak?", deyishdi. Abduqodir "Lans"dagi vazifasi bunday emasdi, buni tushunish kerak. Buning uchun "Lans"da Tomasson va Sotoka bor, ular pasni qabul qilib olish uchun orqaroqqa oʻtishadi, markaziy himoyada ham toʻp bilan yaxshi oʻynaydigan Danso va Frankovski ham bor.

Unga hujumni boshlash vazifasi qoʻyilmagan. Balki, "Siti" ham oʻzidagi Rodrini vazifasini bajaradigan futbolchi qidirayotgandir. "Manchester Siti" qarshi hujumlarni qabul qilib oladigan vaqtlarda Rodri markaziy himoyani yopib beradi, chunki u toʻp uchun kurashda juda foydali. Husanov ham gavdali futbolchi, tezlik va toʻp uchun kurashda yaxshi. Shuningdek, Gvardiola u orqali Gvardiolning vazifasini ham yuklashi mumkin: hujumga qoʻshilib turish
", - dedi Jashi.

Sharhlovchining fikricha, Husanov APLga moslashishda qiynalmaydi.

"U Fransiya shimolidagi "Lans" jamoasida oʻynadi. Shahar unchalik katta emas, 20 mingcha aholi yashaydi. Lansda boʻlganimda bir narsaga ahamiyat berganman, u erlar Fransiya emas, koʻproq Britaniya shahriga oʻxshaydi. Shaharda qizil gʻishtdan qurilgan uylar koʻp, qoʻshnilar bir-birini yaxshi tanishadi. Manchester shahri ham deyarli shunday shahar. Menimcha, u Manchesterga koʻchib borsa, hayratga tushmasa kerak, chunki Husanov Lansda bunday holatlarni koʻrgan. Abduqodir Fransiya chempionatida koʻp oʻyin oʻtkazdi va muxlislar: "Bu futbolchi kim?", deb savol berishmaydi. Maydondagi bosiqlik, qattiqqoʻllik, ehtiyotkorlik borasida Loran Blanga oʻxshaydi", - dedi Jashi.

Manba: championat.asia
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiyalik sharhlovchi Husanovning "Siti"ga transferi haqida nimalar dedi?