Taniqli rossiyalik futbol mutaxassisi Yuriy Syomin Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi borasida oʻz fikrini bildirdi va Moskva “Spartak” klubi uni ilgari e'tiborsiz qoldirganini tanqid qildi.
Syominning aytishicha, Husanov Belorussiya chempionatida “Energetik-BGU” safida ajralib turgan va uning oʻyini Rossiya klublarining skautlari tomonidan kuzatilishi kerak edi. “Spartak” oʻsha paytda moliyaviy imkoniyatlari sababli Husanovni atigi 100 ming dollarga sotib olishi mumkin edi, deya ta'kidlaydi mutaxassis.
“Savol tugʻiladi: “Spartak”ning oʻsha paytdagi rahbariyati Belorussiya chempionatini kuzatmaganmi? Nega “Energetik-BGU” tarkibidagi yorqin futbolchi e'tiborsiz qolgan?” – dedi Syomin.
2025 yil 3 yanvarda “Spartak” sport direktori lavozimiga ispaniyalik Fransis Kaxigao tayinlandi. Uning shartnomasi 2026/27 mavsum oxiriga qadar tuzilgan.
Ayni paytda 20 yoshli Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” klubi va Oʻzbekiston milliy jamoasi safida oʻynamoqda. Uning “Manchester Siti”ga oʻtishi yaqin ekani va bu transfer uchun ingliz klubi 40 million yevro toʻlashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan. Agar bu transfer amalga oshsa, u oʻzbek futboli tarixidagi eng qimmat transfer boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanov va uning «Manchester Siti»ga oʻtishi: bu Oʻzbekiston futboli uchun nimani anglatadi?
Eldor Shomurodovni olish uchun A Seriyaning qaysi klublari kurashmoqda?
Rossiyalik ekspertlar Husanov transferi boʻyicha keskin fikrlar bildirishmoqda
Abduqodir Husanov kuchlimi yoki Vitor Reys?
Uch nafar oʻzbek futbolchisi Qozogʻiston terma jamoasidan qimmat turadi!
“Manchester Siti” Abduqodir Husanovdan soʻng yana bir himoyachi transferini hal qildi