Qishki transferlar oynasining bugungi kundagi haqiqiy qahramoni Abduqodir Husanov boʻlib turibdi. “Lans”da oʻynab kelgan legionerimizning 50 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga oʻtishi juda koʻplab muxlisu mutaxassislar tomonidan muhokama qilinmoqda.
Xususan, rossiyalik ekspertlar vakili oʻzbek futbolchisining Angliya Premer-ligasiga oʻtishi juda katta voqea ekani, mamlakat selektsionerlari oʻta iqtidorli oʻyinchini oʻz vaqtida payqay olmaganini ta'kidlamoqda.
Valeriy Kechinov, “Paxtakor” va “Spartak Moskva” klublari sobiq futbolchisi:
- Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi tasdiqlangan kun Oʻzbekiston uchun olamshumul voqea boʻladi.
Chunki oʻzbek futbolchisi Evropaning eng qudratli jamoalaridan birida toʻp tepadi.
Yuriy Syomin, taniqli murabbiy:
- Husanovning “Manchester Siti”ga transferidan hayratlandim. Rossiya Premer-ligasidan hech kim uning iqtidorini vaqtida payqay olmagan ekan. Hech bir sport direktori yonginamizda voyaga etgan talantni koʻrmagan. Mana endi u 50 million yevro evaziga “Manchester Siti”da oʻynaydi.
“Lans” atigi 100 ming yevroga olgandi. Frantsuzlar qancha ishlab olganini bir oʻylab koʻring! Bu payt bizning jamoalar qayerda edi?
“Spartak”da koʻp xorijlik mutaxassislar ishladi, ayrimlarining ishi yomon emasdi. Lekin klubda ishlab kelgan barcha sport direktorlariga savolim bor. Sizlar Abduqodir Husanovning Belarusdagi oʻyinlarini kuzatmaganmisiz?
Katta ehtimol bilan e'tibor ham qaratmagansiz. “Spartak” oʻzining moddiy imkoniyatlari bilan ikki yil oldin bu futbolchini 100 ming yevroga bemalol xarid qila olardi-ku.
Yuriy Belous, “Lokomotiv Moskva” klubi sobiq vitse-prezidenti:
- Bizning klublar Abduqodir Husanovning iqtidorini koʻra olmagani selektsiya xizmatlarining darajasi qanday ekanini koʻrsatib qoʻydi. Biznikilar uchun Sibirda oʻsgan va “Monako”da natija berayotgan oʻyinchini topishdan, Belarus chempionatidagi iqtidorli oʻyinchini koʻrishdan Ilichni 25 million yevroga sotib olgani osonroq.
Oʻzbekistonda rus tilini biladigan odamlar yashaydi. Bizda agar oʻyinchi Qirgʻiziston yoki Oʻzbekistondan boʻlsa, koʻpchilik uni jiddiy qabul qilmaydi.
Ta'kidlash joizki, 20 yoshli Abduqodir Husanov Evropa yulduzi darajasiga juda tez koʻtarildi. “Bunyodkor” akademiyasida tarbiyalangan futbolchi professional faoliyatini yurtidan ancha olisda – Belarus chempionatida boshladi.
“Energetik-BGU” hamyurtimizning iste'dodini toʻgʻri baholay oldi va unga oʻzini koʻrsatish uchun imkon berdi. Bu jamoada professional darajada bir yil oʻynagan Husanovni “Lans” 2023 yilning yozida oʻz safiga qoʻshib oldi.
Endi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi oʻz mahoratini dunyoning eng nufuzli futbol turniri hisoblangan Angliya Premer-ligasida koʻrsatishga tayyorgarlik koʻrmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanov va uning «Manchester Siti»ga oʻtishi: bu Oʻzbekiston futboli uchun nimani anglatadi?
Eldor Shomurodovni olish uchun A Seriyaning qaysi klublari kurashmoqda?
Abduqodir Husanov kuchlimi yoki Vitor Reys?
Uch nafar oʻzbek futbolchisi Qozogʻiston terma jamoasidan qimmat turadi!
“Manchester Siti” Abduqodir Husanovdan soʻng yana bir himoyachi transferini hal qildi
Rossiyada Husanovning “Manchester Siti”ga transferiga munosabat bildirildi