
Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyati davomidagi eng yomon mavsumni oʻtkazmoqda.
Kecha tunda APL 21-turi doirasida "Manchester Siti" jamoasi "Brentford" mehmoni boʻldi. Uchrashuvda "shaharliklar" 2:0 hisobida oldinga chiqib olganiga qaramay, 90+2-daqiqada oʻtkazib yuborilgan gol evaziga gʻalabani qoʻldan boy berdi - 2:2.
"Brentford" – "Manchester Siti" 2:2
Gollar: 0:1 – 66 Foden, 0:2 – 78 Foden, 1:2 – 82 Vissa, 2:2 – 90+2 Nergor.
Brentford – Flekken, van den Berg, Kollinz, Lyuis-Potter, Roerslev (Xenri, 87), Yensen (Shade, 68), Yanelt (Yarmolyuk, 79), Nergor, Damsgor, Vissa, Mbemo.
Manchester Siti – Ortega, Gvardiol, Ake, Akandji, Mateush Nunesh, Kovachich (Gyundogan, 76), Bernardu Silva, Savio, de Bryuyne, Foden (Makati, 87), Xoland.
Joriy mavsum "Manchester Siti" Premer liganing 21 oʻyinida bor yoʻgʻi 10ta gʻalabani qoʻlga kiritgan, 5 durang va 6 magʻlubiyat. Bu Pep Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatida yuqori ligalarda ayni mavsumning shu davriga kelib qayd etilayotgan eng yomon natija.

"Manchester Siti" 35 ochko bilan APL jadvalida 6-oʻrinni band etib turibdi. Ular peshqadam "Liverpul"dan 12 ochkoga ortda borishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar