Abduqodir Husanov bugun xususiy samolyotda Manchesterga uchib boradi

Abduqodir Husanov bugun xususiy samolyotda Manchesterga uchib boradi
Biroz avval Husanov "Manchester Siti"da qaysi raqamda oʻynashi haqida xabar bergan edik.

20 yoshli himoyachining agenti Gayrat Xasbiullin kecha Toshkentdan Parijga uchib ketgan edi. Bugun esa futbolchi va uning agentlari transferni yakunlash uchun Angliyaga yoʻl olishadi.

Mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 23:30)da Parijdagi "Le Burje" aeroportidan Manchesterga xususiy samolyotda Abduqodir Husanov va uning agenti uchib ketishadi. 1 soat 15 daqiqalik parvozdan keyin ular manzilga yetib borishadi. Ertaga, juma kuni esa Husanov "Manchester Siti"da tibbiy koʻrikdan oʻtadi.
Abduqodir Husanov bugun xususiy samolyotda Manchesterga uchib boradi

Manba: Championat.asia

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar