“Manchester Siti” rahbariyati jamoa toʻpurari Erling Xolandni uzoq muddatli shartnomaga koʻndirdi.
Tomonlar 2022 yilning yozida boshlangan hamkorlikni 2034 yilgacha uzaytirishdi. Yangi kelishuvga koʻra, Xoland klubda eng katta maosh oladigan oʻyinchiga aylandi.
24 yoshli futbolchi 9,5 yillik shartnomaga imzo chekkanining sababini kelajagidan xotirjam tarzda toʻp tepish istagi bilan izohladi.
- Endi bor e'tiborimni oʻzimni yanada kuchaytirish imkoniga ega boʻlganimga qarataman. Chunki bu erda uzoq qolishim aniqligini bilaman. Men diqqat-e'tiborimni yaxshi oʻynash va imkoniyatlarimni yanada oshirishga qaratganman. Odamlat talabchan boʻlishini va menga bosim oʻtkazishini yaxshi koʻraman, - dedi Erling Xoland.
“Shaharliklar”ning bugungi kundagi eng zoʻr toʻpurari Norvegiyaning “Bryune” va “Molde” klublaridan etishib chiqqan. Bir yil Avstriyaning “Zalsburg” jamoasida toʻp tepganidan keyin 2020 yilning yanvarida uni “Borussiya Dortmund” oʻz safiga qoʻshib olgan edi.
Mohir toʻpurar Angliya Premer-ligasiga 2022 yilning yozida koʻchib oʻtdi. Xoland hozirga qadar klublar miqyosidagi musobaqalarda jami 309 ta uchrashuvda ishtirok etib, oʻz hisobiga 246 ta gol va 51 ta assist yozdirib qoʻydi.
Bundan tashqari, mohir toʻpurar xalqaro miqyosda ham tinimsiz gol urmoqda. Erling Norvegiya milliy terma jamoasi safida 39 ta oʻyinda qatnashib, raqiblar darvozasini 38 marotaba ishgʻol qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar