
“Manchester Siti” himoya chizigʻini mustahkamlashga jiddiy bel bogʻlagan. “Shaharliklar” Abduqodir Husanov va Vitor Reysni tranfer qilish orqali himoya markazini mustahkamladi.
Endi navbat qanotlarga. Manchesterliklar chap tomon himoyasiga “Yuventus” vakili Andrea Kambyazoni olib kelmoqchi.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, Angliyaning amaldagi chempioni 24 yoshli futbolchi transferi uchun 70 million yevro tikishi kutilmoqda.
Agar bu transfer aynan mana shu summaga amalga oshsa, yangi transfer rekordi boʻladi. Chunki hozirga qadar eng katta summaga transfer qilingan qanot himoyachisi Ashraf Hakimi hisoblanadi. PSJ bu oʻyinchi uchun 68 million yevro sarflagan. Shuningdek, “Chelsi” ispaniyalik qanot himoyachisi Mark Kukurelya uchun 65 million yevro toʻlagan.
Xosep Gvardiola Kambyazoni klubni tark etish istagini bildirgan 34 yoshli Kayl Uoker oʻrnida oʻynatishni rejalashtirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar