Angliya Premer-ligasining 22-turida “Manchester Yunayted” oʻz muxlislari koʻz oʻngida “Brayton”dan 1:3 hisobida yengildi.
Ushbu magʻlubiyatdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ruben Amorim keskin fikr-mulohazalarni bildirdi.
- "Biz “Manchester Yunayted” tarixidagi eng rasvo jamoamiz. Siz jurnalistlarga oʻtkir sarlavhalar kerak, shuning uchun biz buni boricha qabul qilishimiz va tezroq oʻzgartirishimiz kerak. Mana sizlarga zoʻr sarlavha topib berdim", - dedi Ruben Amorim.
22-tur uchrashuvian keyin jami 26 ochkoga ega boʻlgan “Manchester Yunayted” musobaqa jadvalida 13-pogʻonada bormoqda. Mashhur klub kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasligi tobora oydinlashib boryapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar