"Spartak" va "Amkar" klublarining sobiq hujumchisi Aleksandr Prudnikov himoyachi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga oʻtishiga munosabat bildirdi.
- RPL klublarining sport direktorlariga qarata koʻplab savollar bor. Yon atrofimizda ba'zan biz sezmaydigan iste'dodlar bor va ularni qoʻldan boy beramiz. Biroq, haqiqat shundaki, bizning klublarimiz unga e'tibor qaratmagan, - dedi sobiq futbolchi.
Xabaringiz bor, Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubi bilan deyarli kelishuvga erishdi. Faqatgina klub mazkur transferni e'lon qilishi qoldi xolos. Ma'lum boʻlishicha, hamyurtimiz manchesterliklar bilan toʻrt yarim yillik shartnomaga imzo chekkan.
Eslatib oʻtamiz, Husanov 2023 yilda "Lans"ga Belarusning "Energetik-BGU" klubidan borib qoʻshilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar