date
views 15 056

"Manchester Siti"da Abduqodir Husanov effekti boshlandi!

"Manchester Siti"da Abduqodir Husanov effekti boshlandi!
"Manchester Siti" klubi kuni kecha Abduqodir Husanov bilan rasman shartnoma imzolaganini e'lon qildi va bu transfer ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab boʻldi. Klub oʻzining Instagram sahifasida ushbu transferga bagʻishlangan 9 ta post joyladi.

Mazkur postlardan birining koʻrishlari hozirda 11 milliondan oshib, 80 mingga yaqin izoh qoldirilgan. Bu raqamlar "Manchester Siti" muxlislarining Husanovga boʻlgan katta qiziqishini namoyish etmoqda.

"Abduqodirning maydondagi salohiyati va transferimizning muvaffaqiyati bizni juda ilhomlantirmoqda", — deb yozadi "Manchester Siti"ning rasmiy sahifasi.

Husanov transferining bu qadar keng muhokama qilinishi klubning yangi yulduzga boʻlgan umidlarini aks ettiradi va muxlislar orasida "Husanov effekti"ni boshlab berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti"da Abduqodir Husanov effekti boshlandi!