"Manchester Yunayted"ning taniqli rossiyalik sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Abduqodir Husanovning Fransiyaning "Lans" klubidan "Manchester Siti"ga oʻtganiga munosabat bildirdi.
"Eng asosiysi, endi Husanov "Siti"da muvaffaqiyatli oʻynay olsin. Har qanday klubga oʻtish mumkin, ammo bu klubda oʻynash ham kerak. Faqatgina unga omad tilash mumkin. Balki unda nimanidir koʻrishgan. Biz tushunamizki, u oʻynashi va unga omad kulib boqishi mumkin, lekin hammasi boshqacha ham boʻlishi mumkin.
Bu futbol, hammasi uning oʻziga bogʻliq. Lekin Husanovning bu qarori – zoʻr! Bunday imkoniyat paydo boʻlganda, narsalarni yigʻib, imkoniyatdan foydalanish kerak," — dedi Kanchelskis "Chempionat" muxbiri Mariya Kutsubeyeva bilan suhbatda.
Kecha, 20 yanvar kuni "Manchester Siti" himoyachi Abduqodir Husanovni Fransiyaning "Lans" klubidan transfer qilganini rasman e'lon qildi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi bilan shartnoma 2029 yil yozigacha imzolandi. Husanov Angliya Premer-ligasi tarixidagi birinchi oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar