Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ettinchi turida PSJdan 2:4 hisobida magʻlubiyatga uchragan “Manchester Siti” musobaqa jadvalida xavfli hudud – 25-oʻringa tushib qoldi.
Yangi formatda oʻtkazilayotgan turnir qoidasiga koʻra, jami 36 ta ishtirokchidan faqat 24 tasi musobaqani davom ettiradi.
Opta statistika platformasi kompyuteri “Manchester Siti”ning Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettirish imkoniyatini hisoblab chiqdi.
Unga koʻra, “shaharliklar”ning musobaqada qolish imkoniyati 63,8 foizga baholanmoqda. Buning uchun Xosep Gvardiola shogirdlari umumiy bosqichning oxirgi – sakkizinchi turida Belgiyaning “Bryugge” jamoasini magʻlub etishi kerak.
Abduqodir Husanovning yangi jamoasi toʻgʻridan-toʻgʻri nimchorak finalga chiqish imkoniyatidan ayrilgan. Agar “Manchester Siti” oxirgi uchrashuvda gʻolib chiqib, 25-pogʻonadan yuqori koʻtarila olsa, nimchorak finalga chiqish uchun boʻladigan oʻtish oʻyinlarida qatnashadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar