Angliyalik futbol eksperti: “Husanov Liga 1ning eng yaxshi 3 ta himoyachisidan biri edi”

Angliyalik futbol eksperti: “Husanov Liga 1ning eng yaxshi 3 ta himoyachisidan biri edi”
“TNT Sports” nashrining eksperti “Manchester Siti”ning yangi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

“Nazarimda, Abduqodir Fransiyada eng yaxshi 3 ta himoyachilaridan biri boʻlgan. 18 oy avval Belarusiyada harakat qilgan futbolchi endi Angliyada toʻp tepadi. U Gvardiola ta'kidlaganidek jismonan juda kuchli, ikkinchi qavatdagi kurashlarning barchasida gʻalaba qozonadi.

Shu bilan birga, u juda tezkor himoyachi ham hisoblanadi. Husanov faqat toʻp bilan ishlash boʻyicha biroz oʻz ustida ishlashi talab qilinadi. Menimcha, shu bilan ham, Liga 1 da eng yaxshi fulbeklardan biri boʻlgan
” – deya ta'rif berib oʻtdi.

Xabaringiz bor, 20 yoshli himoyachimiz bonuslar bilan birga 50 million yevroga “shaharliklar” safiga koʻchib oʻtib, 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar