19:50 / 24.01.2025
9 467

Pep Gvardiola: "Vitor Reysga vaqt kerak, Abduqodir Husanov esa..."

Pep Gvardiola: "Vitor Reysga vaqt kerak, Abduqodir Husanov esa..."
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Chelsi"ga qarshi boʻlajak uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoaga yaqinda qoʻshilgan futbolchilar haqida fikr bildirib, oʻzbekistonlik yarim himoyachi Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlarini bayon etdi.

"Biz hozircha koʻplab mashgʻulot oʻtkazmadik, lekin yangi kelgan futbolchilar juda yaxshi koʻrinishda. Barchamiz birgalikda toʻliq mashgʻulot oʻtkazishga ulgurmadik. Omar Marmush kecha birinchi mashgʻulotda qatnashdi, lekin u ham toʻliq jamoa bilan emas. Vitor hali yosh va uning katta xarakterli boʻlishi uchun vaqt kerak boʻladi. Husanov esa allaqachon tayyor, chunki u Fransiya chempionatida yuqori darajadagi tezkor va kuchli futbolchilar bilan koʻp tajriba orttirgan", — dedi Gvardiola.

APL 23-turidan oʻrin olgan "Manchester Siti" va "Chelsi" oʻrtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan ertaga, soat 22:30da boshlanadi. Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanovning debyuti kutilmoqda.

Ikki jamoaning taxminiy tarkiblari quyida keltirilgan:

"Manchester Siti"ning taxminiy tarkibi: Ederson, Husanov, Akanji, Gvardiol, Lyuis, Gyundogan, De Bryuyne, Grilish, Foden, Xoland, Marmush.

"Chelsi"ning taxminiy tarkibi: Sanches, Jeyms, Adarabioyo, Koluill, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes, Madueke, Palmer, Sancho, Jekson.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport