13:08 / 25.01.2025
46 636

“Liverpul” afsonasi Abduqodir Husanov transferiga qanday baho berdi?

“Liverpul” afsonasi Abduqodir Husanov transferiga qanday baho berdi?
Angliya Premer-ligasida ketma-ket toʻrt bor chempionlikni qoʻlga kiritgan "Manchester Siti" jamoasi tarkibida jiddiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga kirishdi.

Joriy mavsumda jamoaning oʻyini va natijalarda sezilarli pasayish kuzatildi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavjud tarkib bilan chempionlik unvonini himoya qilish mushkul ekanini tan oldi.

"Shaharliklar" na Premer-ligada, na Chempionlar ligasida oʻz an'anaviy kuchli oʻyinlarini namoyon etishga muvaffaq boʻlishmoqda.

Odatda, transfer faoliyatini yozgi oylarda amalga oshiradigan klub bu safar qishki transfer oynasida faollik koʻrsatdi. Hozircha, jamoa rejasidagi uch asosiy transferni muvaffaqiyatli yakunladi.

"Lans"dan Abduqodir Husanov, "Palmeyras"dan Vitor Reys va "Ayntraxt"dan Umar Marmush jamoaga kelib qoʻshilib, mashgʻulotlarni boshlab yuborishdi.

"Liverpul"dagi afsonaviy faoliyati bilan mashhur sobiq himoyachi Jeymi Karrager ushbu transferlarga munosabat bildirib, yangi oʻyinchilarning mas'uliyatiga e'tibor qaratdi:

— "Abduqodir Husanov va Umar Marmush kabi futbolchilarning Gvardiola jamoasiga ta'siri juda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Ilgari yanvar oyidagi shoshilinch transferlar uchun jamoalar tanqid qilingan. Ammo bu holatda, 'Manchester Siti' yangi bosqichga oʻtish uchun zarur oʻzgarishlarni amalga oshirishga majbur. Jamoaning bunday yuqori darajada transfer bozorida faol harakat qilishi noodatiy holat boʻlishi mumkin, ammo ularning boshqa chorasi qolmagan edi".

"Etixad"da yuzaga kelgan inqiroz jamoaning keyingi yillarda amalga oshirgan transfer siyosatining barchasi muvaffaqiyatli boʻlmagani sababli yuzaga kelganini ham tan olish lozim. Har qancha muvaffaqiyatli boʻlishsa-da, klub afsonasiga aylangan futbolchilarga munosib oʻrinbosarlar topish qiyin kechgan. Shu sababli, jamoa transferda tezkor va qat'iy qarorlar qabul qilishga majbur boʻldi", — dedi Jeymi Karrager The Telegraph nashriga.

"Manchester Siti" Abduqodir Husanov uchun 50 million yevro (bonuslar bilan), Umar Marmush uchun 75 million yevro va Vitor Reys uchun 35 million yevro sarfladi. Barcha futbolchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, klub boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish maqsadida muzokaralarni davom ettirmoqda. Jamoa yozgi transfer davrida ham bozorda faol boʻlishni rejalashtirgan. Gvardiola imkoniyatdan foydalanib, yosh iste'dodli futbolchilarni jalb etish orqali yangi jamoa shakllantirishni maqsad qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport