"Manchester Siti" markaziy hujumchisi Erling Xoland bosh murabbiy Xosep Gvardiola haqida oʻzining fikrini bildirdi.
"Pepning ba'zi odatlari meni gʻashimga tegadi. Chunki u mayda-chuydalarga juda katta e'tibor beradi. Aynan shu narsalar uni biroz asabiy qiladi. U bir narsani 20 marta takrorlashi mumkin. Boshqa yoʻl qolmaydi – rozi boʻlishing kerak", – deya norvegiyalik hujumchining soʻzlarini CBS Sports keltiradi.
Joriy mavsumda Erling Xoland Angliya Premer-ligasida 22 oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi.
Angliya chempionati 22-turidan soʻng "Manchester Siti" klubi musobaqa jadvalida beshinchi oʻrinni egallab turibdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar