01:31 / 26.01.2025
18 087

Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning debyuti haqida qanday fikr bildirdi?

Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning debyuti haqida qanday fikr bildirdi?
Angliya Premer-ligasi 22-turi doirasidagi markaziy bahsda tarixiy voqea roʻy berdi. «Manchester Siti» - «Chelsi» uchrashuvida Abduqodir Husanov APLda ilk bor maydonga tushgan oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Abduqodir Husanovning xatosidan keyin Maduekke hisobni ochgan, koʻp oʻtmay himoyachimiz Palmerga nisbatan qoʻpolligidan keyin ogohlantirilgan boʻlsa-da, qolgan daqiqalarda 20 yoshli futbolchi oʻziga ishongan holda toʻp surdi.

42-daqiqada Gvardiol hisobni tenglashtirgan boʻlsa, Abduqodir 54-daqiqada zaxiraga olindi va u maydonni tark etayotganda Gvardiola uni qoʻllab-quvvatladi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Chelsi"ga (3:1) qarshi oʻyindan soʻng Abduqodir Husanovning debyuti haqida gapirdi.

"Abduqodirga oson emas. U jamoa bilan bir martagina mashgʻulot oʻtkazdi va shundan keyin Nikolas Jekson, Koul Palmer, Madueke va Sancho kabi futbolchilarga qarshi oʻynadi. Bunday holat yosh oʻyinchi sotib olganingizda yuz beradigan tabiiy jarayon. Abduqodir oʻrganib oladi. Bu kabi harakatlar xulosa chiqarib olishning eng yaxshi usuli", - deydi Pep Gvardiola.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport