02:07 / 26.01.2025
6 446

Husanovning ilk o‘yini: qiyinchiliklar va qo‘llab-quvvatlash (foto, video)

Husanovning ilk o‘yini: qiyinchiliklar va qo‘llab-quvvatlash (foto, video)
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husonov “Manchester Siti” jamoasida debyut o‘tkazdi. U bir necha kun avval ingliz klubining rasmiy futbolchisiga aylangan edi. “Siti” uning transferi uchun Fransiyaning “Lens” klubiga 40 million yevro to‘ladi.

Bugun, Husonov “Chelsi”ga qarshi o‘yinda “Siti” safida ilk bor maydonga tushdi. U Angliya chempionatida debyut qilgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi.

Husonovning ilk o‘yini oson kechmadi. Birinchi bo‘limda u raqibga gol urish imkoniyatini yaratib berdi va sariq kartochka oldi. Shunga qaramay, Abduqodir keyingi daqiqalarda bir nechta vaziyatlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.


Ko‘plab futbol mutaxassislari, Husonovni “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola tanaffusda zaxiraga olishini taxmin qilishdi. Ammo Gvardiola uni birinchi bo‘limdan keyin almashtirmaslikka qaror qildi. Shunga qaramay, 54-daqiqada Husonov zaxiraga olindi, bunga, katta ehtimol bilan, uning sariq kartochkasi sabab bo‘lgan.

Abduqodir maydonni tark etayotganida, “Manchester Siti” muxlislari uni qo‘llab-quvvatladi, murabbiy Gvardiola ham unga dalda berdi. Futbol ekspertlari Husonov top-klubga o‘tganidan keyin katta bosim ostida qolayotganini ta’kidlashdi. Ularning fikricha, futbolchiga moslashish uchun vaqt kerak.

Eng taniqli futbolchilarning o‘zi Angliya futboliga moslashish uchun bir necha oy sarflaydi. Angliya chempionati dunyoning eng tezkor va eng qattiq ligalaridan biri hisoblanadi.

Mazkur bellashuvda "shaharliklar" 3:1 hisobida zafar quchdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport