Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev oʻzining Telegram kanalida "shaharliklar" tarkibida Abduqodir Husanov debyut qilgan "Manchester Siti" - "Chelsi" oʻyini yakunlari haqida kichik matn chop etdi.
Birinchi taym Husanov uchun yumshoq qilib aytganda oson boʻlmadi. Ilk daqiqalar — aqlbovar qilmas hayojon va tushuntirib boʻlmas xato. Abduqodirning oʻzi ham u erda nima qilgani haqidagi savolga javob bera olmasa kerak.
Shu bilan birga, "Siti"ning qanday oʻynagani hayron qoldirmoqda. Aniqrogʻi, birinchi boʻlimning dastlabki 15-20 daqiqasi: ma'nosiz, kam harakat va koʻp xato. Agar Husanovning xatosini jamoaning yangi oʻyinchisi "kemadan balga" tushib qolgani bilan izohlasak, Gyundoganning oddiy vaziyatlardagi braklarini qanday tushunish kerak?
Umuman olganda, oʻyin chalkash oʻtdi. Maydon markazisiz, hujumdan hujumga. Huddi "Siti" va "Chelsi" emas, masalan "Brentford" va "Kristal Pelas" oʻynagandek.
Husanovga kelsak, xudoga shukur, xatosidan soʻng tinchlandi. Bir necha bor toʻpni yaxshi harakatlantirdi, harakat qildi. Agar oʻsha xato boʻlmaganda, uning oʻyinini toʻrtga baholash mumkin boʻlardi.
Husanov xatosining bir qismiga Gvardiola sababchi ekanligi haqida fikrni koʻrdim. U jamoada atigi hafta oldin kelgan, hali koʻnikmagan yosh yigitni tushirdi. Ammo, poʻlatni shunday mustahkamlashadi. Huddi shunday holat "Lans"dagi ilk oʻyinda ham roʻy bergandi, ilk 15-20 daqiqada hayajonda, soʻngra barchasi ozmi-koʻpmi tinchlanadi.
Husanovning ikkinchi taymda chiqqani yaxshi signal. Bu haqiqatdan ham qiyin debyutdan soʻng tanaffusda almashtirilishdan yaxshidir. E'tiborlisi, stadion Husanovni qarsaklar bilan kuzatib qoʻydi. Hattoki kimdir buni turib amalga oshirdi. Ha, Gvardiola ham u maydondan chiqqandan soʻng otalarcha quchoqladi.
Hozir eng asosiysi "sovuq bosh"ni saqlab qolishdir. Husanovning fe'lini bilgan holda, u aynan shunday qiladi deb oʻylayman. Va Abduqodir jamoa va murabbiylar shtabidan qoʻllab-quvvatlash oladi deb umid qilaman. Yana aytaman, oʻsha xato boʻlmaganda, debyut normal boʻldi deb aytsa boʻlardi. Bunday xatolar bu darajada kechirilmaydi. Qisqa qilib shunday yakun chiqarish mumkin: Bu "Lans" emas, bu APL. Bu erdagi futbol biroz boshqacha va imkon qadar tezroq adaptatsiya qilish kerak.
Qiziqarli fakt: Husanov "Lans" asosiy tarkibida oʻtishdan soʻng ilk bor ikki oydan soʻng chiqqandi. Shunchaki taqqoslash uchun. Shunday ekan, bir oydan soʻng uning oʻzini qanday koʻrsatishini koʻramiz. Oʻshanda ilk xulosalarni chiqarish mumkin.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar