14:47 / 26.01.2025
7 378

Angliyalik futbol eksperti: "Kechagi bahsda Husanovga rahmim keldi!"

Angliyalik futbol eksperti: "Kechagi bahsda Husanovga rahmim keldi!"

Angliya Premer-ligasining 21-tur doirasida "Manchester Siti" oʻz uyida "Chelsi"ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Mazkur bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov debyut oʻyinida ishtirok etib, APLda harakat qilgan birinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi. Dastlabki toʻrt daqiqada milliy terma jamoamiz a'zosi golga sabab boʻlgan qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydi va keyingi vaziyatda sariq kartochka bilan jazolandi.
 
Uchrashuvdan soʻng "Sky Sports", "Daily Mail" nashrlarining eksperti va "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Djeymi Rednapp 20 yoshli himoyachimiz haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
 
"Oʻyindan oldin Gvardiola bilan gaplashib, Marmushga qaraganda, uni asosiy tarkibga qoʻyib yuborish tavakkal ekanligini aytgandim. Bunday bellashuvda markaziy himoyachi uchun bosim boʻlishini hisobga olsak, debyut ancha qiyin boʻlishi aniq edi.
 
Abduqodir endigina 20 yoshda, u Angliyaga yaqinda kelgan. Bundan tashqari, jamoa himoyada ishonchsiz oʻynayotgan edi. Oʻtgan mavsumda klubga qoʻshilish ancha oson boʻlardi. Hozir esa bunday emas. Menimcha, Pep uni toʻgʻridan-toʻgʻri jangga tashlab xato qildi. Ehtimol, ispaniyalik mutaxassis xato qilganini tan oladi.
 
Toʻgʻri, birinchi xatolardan soʻng Husanov keyinchalik yaxshilandi. Biroq, umumiy jihatda bu uning uchun ogʻir kun boʻldi. Umid qilamanki, bu oʻzbekistonlik futbolchining uzoq muddatli istiqboliga zarar etkazmaydi. Shu bilan birga, u saboq oladi va kuchliroq boʻlib qaytadi. Afsuski, dastlabki 15-20 daqiqa Abduqodirda juda qiyin kechdi. Shu sababli, biroz unga rahmim keldi”, - dedi angliyalik sobiq yarim himoyachi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport