Futbol boʻyicha Angliya chempionatining 23-tur, markaziy bahsi “Manchester Siti” — “Chelsi” (3:1) oʻyinidan keyin mashhur rossiyalik jurnalist Igor Rabiner post qoldirdi. Rabiner Husanovga yaqin boʻlgan inson bilan gaplashganini ta'kidlagan.
“Hammasi joyida, jamoada barcha qoʻllab-quvvatlagan, xususan Grilish alohida yoniga kelgan. Golga sabab boʻlgan xato esa hayajondan emas, hatto “Lans”dagi debyutda hayajon koʻproq boʻlganini aytdi. Koʻproq sabab, oʻyin tonusi bilan bogʻliq. U “Lans”dagi soʻnggi oʻyinini axir 22 dekabrda “PSJ” bilan bir oy oldin oʻtkazgandi. Shundan soʻng “Siti” bilan muzokaralar boshlandi, natija jarohatdan saqlash maqsadida klub uni nafaqat oʻyinlar, balki umumiy guruh mashgʻulotlaridan ham chetlatdi. Katta pul masalasi”, – deb yozadi jurnalist.
Foto: Getty Images
Igorga koʻra, Husanov Manchesterga kelgach esa ikki marta mashgʻulot oʻtkazdi va birdaniga “Chelsi” bilan oʻyinga tushdi.
“Shu holatdayam Pep ishongani qiziq, demak u mashgʻulotlarda nimadir koʻrsata olgan. Husanov inglizchani tushunadi, faqat gapira olmaydi. Frantsuzchada soʻzlasha oladi.
Oʻyindagi ilk harakatlar normal boʻldi, oldinga yaxshi pas amalga oshirdi. Balkim shundan soʻng diqqatini yoʻqotib qoʻydi, oʻsha oʻyin va mashgʻulotlardan uzoq boʻlgani uchun tonus etishmadi. Ammo keyin oʻziga keldi, jamoa gʻalaba qozondi - demak ayni damda u normal ruhiy holatda. Abduqodirga omad!”, – deya qoʻshimcha qilgan Rabiner.
Avvalroq Pep Gvardioladan Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi va xatosi haqida gapirgandi.
“U ingliz tilida gapirmaydi, shuning uchun biz Abduqodir bilan hali toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilolmayapmiz. Unda hammasi joyida boʻladi. U hali faqat bitta yoki ikkita mashgʻulotda qatnashdi. Men Chempionlar Ligasidagi muhim oʻyinni inobatga olgan holda, Jon Stounzni jarohatidan keyin maydonga tushirishga shoshiltirishni istamagandim. U oʻyindagi holatdan xulosa qiladi”, degan edi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.
Ma'lumot uchun, “shaharliklar” oʻzbekistonlik himoyachining xatosidan soʻng toʻp oʻtkazib yubordi. Abduqodir Husanov dastlabki 5 daqiqada bosim sabab oʻyinga moslashib keta olmadi. Keyinchalik bexato harakat qildi.
Uchrashuvda Gvardiola shogirdlari 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Husanov 54 daqiqa maydonda harakat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar