“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Chelsi”ga qarshi bellashuvdan soʻng hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida yana bir iliq fikrlar bildirib oʻtdi.
“Abduqodir bu bahsda ishtirok etmasligi kerak edi. Husanovga faqatgina moslashish uchun biroz vaqt berish zarur. Angliya Premer-ligasida “aristokratlar”ga qarshi oʻynash har doim oson emas. Ayniqsa, boshqa mamlakatdan kelib, jamoadoshlari bilan unchalik muloqot qilmay, oʻyin uchun rejalaringizni tushunmay, hech qanday mashgʻulotlarsiz, maydonga tushish esa boshqa his tuygʻudir. 20 yoshli futbolchini boshidan kechirganini va sodir boʻlgan voqealarni tasavvur qiling, bu shunchaki dahshatdir” – deya ta'rif berib oʻtdi, ispaniyalik mutaxassis.
Ma'lumot oʻrnida, “shaharliklar” UYeFA Chempionlar ligasining soʻnggi turida “Bryugge” bilan kuch sinashadi. Ushbu toʻqnashuvda milliy terma jamoamiz etakchisi kengaytirilgan tarkibdan joy olmaganligi uchun ishtirok eta olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar