date
views 60 434

Mashhur karikaturachi Omar Momani Abduqodir Husanov haqida qanday karikatura chizdi?

Mashhur karikaturachi Omar Momani Abduqodir Husanov haqida qanday karikatura chizdi?
Mashhur karikaturachi “Manchester Siti”ning oʻzbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov haqida karikatura chizdi.

Foto: X (sobiq Twitter)
Rassom rasm ostiga “Ishonishdan toʻxtama, Abduqodir Husanov”, deya imzo chekkan.

Oldinroq Abduqodir Husanovga bir nechta klublar qiziqishi ortidan yana bir rassom Hamid Sahari ham oʻzbekistonlik futbolchi haqida karikatura chizgan edi.

Foto: X (sobiq Twitter)
Ma'lumot uchun, Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida “Chelsi”ga qarshi oʻyinda oʻz debyutini nishonladi. Uchrashuvning 2-daqiqasida jamoasi darvozasiga kiritilgan golga sababchi boʻlib qolgan himoyachi bir muddat oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Muxlislar va jamoadoshlari qoʻllovi evaziga oʻziga kelib oldi va uchrashuvning 54-daqiqasigacha ishonchli harakat qildi.

Yakunda “Manchester Siti” 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, APL turnir jadvalining 4-oʻrniga koʻtarilib oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur karikaturachi Omar Momani Abduqodir Husanov haqida qanday karikatura chizdi?