20:36 / 28.01.2025
15 047

Abduqodir Husanovning sobiq murabbiyi: Uning boshiga kul sochishdan foyda yoʻq

Abduqodir Husanovning sobiq murabbiyi: Uning boshiga kul sochishdan foyda yoʻq
Belarusning "Energetik BGU" klubi bosh murabbiyi Aleksey Merkulov "Manchester Siti"ga yangi kelib qoʻshilgan Abduqodir Husanovning "Chelsi"ga qarshi bellashuvdagi (3:1) debyuti haqida fikr bildirdi.

- "Chelsi"ga qarshi bahs Abduqodirning faoliyatidagi eng yaxshi oʻyinlardan biri emas. Uning boshiga kul sochishdan foyda yoʻq. Gvardiolaning oʻzi aytganidek, futbolchi jamoa mashgʻulotlarida juda kam ishtirok etdi va "Chelsi" ham dunyoning eng kuchli klublaridan biri sanaladi. Yana bir muhim omil - taktika. E'tibor bersangiz, "Lans" va "Siti" himoyasi umuman boshqacha yoʻlga qoʻyilgan. Shuning uchun, u moslashishi kerak deb oʻylayman.

- Nazdimda, "Siti" murabbiylar shtabi vaziyatni juda yaxshi tushunadi. Ishonchim komilki, futbolchi jamoaga moslashib ketadi. Gvardiola Husanovga ishonishda davom etadi, deb umid qilamiz.

Ma'lumot uchun, Husanov "Bryugge"ga qarshi EChL bahsini ushbu turnirda roʻyxatdan oʻtmaganligi sababli oʻtkazib yuboradi. U APL 24-turi doirasida boʻlib oʻtadigan "Arsenal"ga qarshi bellashuvda maydonga tushishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport