"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining 2024—2025-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasini yutish imkoniyati haqida fikr bildirdi.
— "Chempionlar Ligasini yutish? Hozircha bu biz uchun imkonsiz vazifa. Chempion boʻlgan yilimizni eslasam, faqat gʻalabani oʻylaganman. Hozir esa real holatni inobatga olib harakat qilaman.
Bizning raqiblarimiz bu turnirda katta tajribaga ega. “Real” muammolarga duch kelgan boʻlsa-da, soʻnggi oʻyinlarda oʻz darajasiga qaytdi. “Bavariya” esa Kompani qoʻl ostida ajoyib mavsum oʻtkazmoqda. Agar ertagayoq oʻynashga toʻgʻri kelganida, biz uchun juda qiyin boʻlardi.
Lekin bir necha hafta ichida vaziyat oʻzgarishi mumkin. Kim bilan oʻynashimizni ham hozirdan aytish qiyin. Biz yaxshilab tayyorgarlik koʻramiz, optimal formada boʻlamiz va koʻramiz kelajak bizga nimalarni va'da qilgan", — dedi Gvardiola CBS Sports nashriga.
Kecha, 29 yanvar kuni boʻlib oʻtgan soʻnggi turda "Bryugge"ni magʻlub etgan "Manchester Siti" Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida 22-oʻrinni egalladi. Natijada Gvardiola shogirdlari pley-off yoʻllanmasi uchun "Bavariya" yoki "Real Madrid" bilan oʻynaydigan boʻldi. Pley-off uchun qur'a tashlash marosimi 31 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar