Argentina terma jamoasining bosh murabbiyi Lionel Skaloni Messining 2026 yilgi Jahon chempionatida qatnashish imkoniyati haqida quyidagicha fikr bildirdi.
“Hozir bu haqda gapirishning vaqti emas. Men bu savol hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmaydi, deb hisoblayman.
Leo oʻzining kelajagi uchun qanday qaror qabul qilish kerakligini yaxshi biladi va biz unga mustaqil ravishda qaror qabul qilish imkoniyatini berishimiz kerak”, deb aytdi deya Skalonining soʻzlarini keltiradi Goal.com nashri.
Ma'lumot uchun, Lionel Messi etakchiligidagi Argentina terma jamoasi soʻnggi ikki yirik turnirda gʻolib chiqqan. Jamoa 2022 yilda Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida, shuningdek, 2024 yilgi Amerika Kubogida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Professional faoliyati davomida Lionel Messi sakkiz marta “Oltin toʻp” sovrinini qoʻlga kiritgan va sayyoraning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar