07:47 / 02.02.2025
3 215

Pep Gvardiola: “Men Abduqodir Husanovni emas, oʻzimni ayblashim kerak”

Pep Gvardiola: “Men Abduqodir Husanovni emas, oʻzimni ayblashim kerak”
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi muhim bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyalik mutaxassis qishki transferlar oynasida "shaharliklar" safiga yangi qoʻshilgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirib oʻtdi.

"Bilasizmi, bu mavsumda nechta markaziy himoyachi Abduqodir qilgan xatoga yoʻl qoʻydi?!

Men Husanovni ayblamayman, aksincha, oʻzimni ayblashim kerak – qanday qilib hali hamon himoyada qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻymoqdamiz. Shu bois, jamoam bilan birga, himoya chizigʻimizni yaxshilashimiz zarur.

Men ilgari hech qachon barchaning oldida futbolchilarimni ayblamaganman, hozir ham shunday yoʻl tutaman. Ayniqsa, atigi bitta mashgʻulotdan keyin jamoaga qoʻshilgan oʻyinchining xatosini tanqid qilib boʻlmaydi. Hozirgi kunda 20 yoshli himoyachiga yordam berishimiz kerak.

Agar men Husanovning oʻrnida boʻlsam – yangi mamlakat, yangi Premer liga, yangi jamoa, yangi til va ilgari hech qachon eshitmagan narsalar. Bundan tashqari, Koul Palmer, Nikolas Djekson kabi oʻyinchilarga qarshi oʻynash – juda qiyin vazifadir. Rostini aytsam. men ham oʻzbekistonlik futbolchiga yordam berishni istardim.

Abduqodirning xatosidan soʻng jamoadoshlarining unga boʻlgan darhol reaktsiyasi juda yoqimli boʻldi. Bu vaziyat esa shaxsan menga yoqdi. Futbolchilar kerakli vaqtda, yosh iste'dodli himoyachiga dalda boʻla olishdi” – deya ta'rif berib oʻtdi, 54 yoshli murabbiy.

Eslatib oʻtamiz, bugun Gvardiola boshchiligidagi manchesterliklar Londonning "Arsenal" klubi bilan kuch sinashadi. Mazkur toʻqnashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pep Gvardiola: “Men Abduqodir Husanovni emas, oʻzimni ayblashim kerak”