"Manchester Siti"ning "Arsenal"dan qabul qilib olgan yirik hisobdagi magʻlubiyatidan soʻng jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi "Arsenal"ga qarshi oʻyinda jamoasi umuman olganda yaxshi oʻynaganini ma'lum qildi.
"Men faqat oxirgi 20-25 daqiqadan afsusdaman. Biz 60-70 daqiqa ichida qilayotgan ishimizni unutib qoʻydik. Bu qiyin oʻyin. Oʻyin boshida yuz bergan vaziyat bu mavsum juda koʻp sodir boʻlmoqda. Ammo 10-15 daqiqadan soʻng biz oʻyinni qoʻlga oldik, juda yaxshi oʻynadik. Hisob 1:1 paytida impuls yaxshi edi. Bitta notoʻgʻri pas va gol, keyin uchinchi gol...
Shundan keyin himoyaviy tarafdan qilishimiz kerak boʻlgan ishni bajarishdan toʻxtadik va biroz sabrli boʻla olmadik. Bu kabi oʻyin koʻrsatganingizdan keyin raqib oʻzini yanada qulayroq his qiladi. Men oʻyinning oxirgi daqiqalaridan afsusdaman, xolos. Qolgan vaqt? Men juda yaxshi oʻyin koʻrsatdik deya olaman. Hisobga qarab, bu gʻalati tuyulishi mumkin, ammo bu haqiqat. Biz yaxshi reaktsiya koʻrsatgandik. Himoyada yaxshi harakat qildik, toʻp bilan ham xavfli edik", - deydi Pep Gvardiola. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar